Pep Gvardiola: «Husanov yosh, tez va to‘p bilan juda aniq ishlaydi»

Foto: Husanov instagram sahifasidan
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

The Athletic nashri o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov haqida maqola chop etdi. Nashr uni «Manchester Siti» himoyasidagi muammoni hal qilgan yosh kuch” deb atadi.

Maqolada yozilishicha, 21 yoshli Husanov «Manchester Siti»da Kayle Ualker ketganidan keyin o‘ng qanot himoyasida asosiy o‘yinchiga aylangan. U qat’iyligi, jismoniy kuchi va ishonchli o‘yini bilan Pep Gvardiola jamoasiga foyda keltirmoqda.

Foto: Husanov instagram sahifasi

Shahar derbisida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda Husanov eng ko‘p to‘qnashuvlarda g‘alaba qozondi va o‘zining qat’iy himoyasi bilan muxlislarni hayratda qoldirdi.

Pep Gvardiola uni shunday ta’rifladi:

“U yosh, tez va to‘p bilan juda aniq ishlaydi. Ba’zan ortiqcha ishtiyoq bilan xato qiladi, lekin tajriba ortgani sayin yanada kuchli bo‘ladi”.

Foto: Husanov instagram sahifasi

The Athletic eslatishicha, uch yil avval Husanov “Bunyodkor” yoshlar jamoasida o‘ynagan bo‘lsa, bugun u Angliya chempionining asosiy himoyachilaridan biriga aylangan. Nashr Husanovni “30 foizlik imkoniyatni 70 foizga aylantira oladigan futbolchi” deb baholadi.

Husanov haqida

Abduqodir Hikmatovich Husanov 2004-yil 29-fevral kuni Toshkentda tug‘ilgan. U 1,86 metr bo‘yga ega va asosan markaziy himoyachi sifatida o‘ynaydi, zarba beruvchi oyog‘i — o‘ng oyoq. Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lib, hozirgacha 22 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Abduqodir Husanov
Foto: Husanov instagram sahifasi

Uning professional faoliyati “Bunyodkor” yoshlar jamoasidan boshlangan. 2022-yilda Belarusning “Energetik-BGU” klubiga o‘tgan, bu yerda u tezda asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. 2023-yil iyul oyida esa Fransiyaning “Lans” klubiga transfer qilindi, transfer qiymati 400 ming yevroni tashkil etgan.

2025-yil 20-yanvarda Husanov “Manchester Siti”ga 40 mln yevroga o‘tdi. U bilan 2029-yil 30-iyungacha amal qiluvchi shartnoma imzolangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Husanovning hozirgi bozor qiymati 35 mln yevro.

Foto: Instagram Sahifasi
Foto: Husanov Instagram sahifasi

2025/26-yilgi mavsumda u “Manchester Siti” safida Angliya Premyer-ligasida 4 ta o‘yinda, Chempionlar ligasida 1 ta va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Umumiy hisobda 379 daqiqa o‘ynagan, bir marta sariq kartochka olgan.

Husanov avval “Bunyodkor U18”, “Energetik-BGU” va “Lans” klublarida to‘p surgan. U 2025-yil mart oyidan beri to‘pig‘idan olgan jarohati sabab tiklanish jarayonida.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.