Peruning shimolida joylashgan Piura hududida juda kam uchraydigan chuqur suv akulasining o‘ligi qirg‘oqdan topildi. Bu holat so‘nggi bir oy ichida qayd etilgan ikkinchi shunday voqea bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uzunligi qariyb 4,5 metr bo‘lgan gigant baliq chorshanba kuni aholi kam yashaydigan qirg‘oq bo‘lagida aniqlangan. Olimlar bu kabi holatlarning qisqa vaqt ichida takrorlanishi jiddiy xavotir uyg‘otayotganini bildirdi.
Peru dengiz instituti mutaxassislari qirg‘oqqa chiqqan jonzot aynan katta og‘izli pelagik akula ekanini tasdiqladi. Ushbu tur eng kam o‘rganilgan akulalardan biri hisoblanadi. Ular chuqur suvda yashaydi va asosan filtrlash yo‘li bilan oziqlanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu akulalar deyarli inson ko‘ziga tashlanmaydi. Ular ilk bor aniqlanganidan buyon butun dunyo bo‘ylab 300 martadan kam kuzatilgan.
Qaynoq24.uz AQShda akula syorferga hujum qilgani haqida yozgan edi.

