Peskov: Putin ham, Tramp ham vaqtni behuda yo‘qotishni istamaydi

Foto: PBS
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Donald Trampning Vladimir Putin bilan uchrashuv haqidagi so‘zlariga izoh berdi. Unga ko‘ra, har ikki davlat rahbari vaqtni behuda sarflashni istamaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Hech kim vaqtini bekorga sarflashni xohlamaydi — na prezident Tramp, na prezident Putin”, — degan Peskov.

Avvalroq Tramp ikki kundan so‘ng Vengriyada Putin bilan bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sammit yuzasidan qaror qabul qilishini aytgandi.

Foto: Reuters

U jurnalistlar bilan suhbatda vaqtni behuda o‘tkazishni istamasligini ta’kidlagan.

Tramp va Putinning Alyaskada uchrashuvi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin 2025-yil 15-avgust kuni Alyaska shtatida joylashgan harbiy baza — Joint Base Elmendorf–Richardsonda tarixiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu sammit ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi birinchi rasmiy uchrashuv bo‘lib, 2022-yilda boshlangan Rossiya–Ukraina urushidan keyin ilk marta AQSh va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning qayta tiklanishiga sabab bo‘ldi.

Uchrashuv joyi sifatida Alyaska tanlangani bejiz emas. Tarixda bu hudud 19-asrda Rossiyadan AQShga sotilgan va o‘sha paytdan beri ikki davlat o‘rtasidagi geosiyosiy ramz sifatida qaraladi. Shu bois, sammit uchun tanlov ham siyosiy, ham ramziy ma’noga ega bo‘ldi. Tahlilchilarning fikricha, bu joy neytral hudud sifatida murosaga imkon yaratdi.

Foto: The Guardian

Muzokaralarning asosiy mavzusi — Ukraina urushi

Suhbat markazida, tabiiyki, Rossiya–Ukraina urushi turdi. Tramp o‘z bayonotida urushni tugatish va eng maqbul natijaga erishish vaqti keldi degan fikrni ilgari surdi. U biz barcha masalalarda kelishdik, ammo hali yakuniy qaror emas deya izoh bergan edi.

Putin esa matbuotda, Rossiya AQSh bilan muloqotni qayta tiklashga tayyorligini bildirgan. U Ukraina masalasida real muzokara asoslarini ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlagandi.

Yevropadagi ko‘plab siyosatchilar bu uchrashuvni Putin uchun diplomatik g‘alaba deb baholadi. Le Monde gazetasining fikricha, Alyaskadagi sammit Rossiya va AQSh o‘rtasidagi sovuq diplomatik aloqalarni qayta isinish yo‘liga olib chiqqan..

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.