POCO kompaniyasi Poco C85 5G modelini Hindistonda namoyish qildi. Tezerlarda ko‘rsatilgan dizayn Redmi 15C 5G‘ga o‘xshash bo‘lib, bu model rebrending asosida taqdim etilishi mumkinligini anglatadi.
Yangi smartfon 6,9 dyuymli HD+ displey va 120 Hz yangilanish chastotasi bilan jihozlanadi. Qurilma MediaTek Dimensity 6300 protsessorida ishlashi kutilmoqda. Chipset 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi va kundalik vazifalar uchun mo‘ljallangan.


Smartfon 50 MP asosiy kamera va 8 MP old kamera bilan ta’minlanadi. POCO bu konfiguratsiya standart suratga olish ehtiyojlarini qondirishini ma’lum qilgan.
C85 5G modelining eng asosiy jihati — 6000 mA/soat sig‘imli batareyadir. U 33 vatt tezkor quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmada yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri ham mavjud bo‘ladi.
POCO smartfonni taqdimotdan so‘ng Flipkart platformasida sotuvga chiqarilishini tasdiqladi. Narx va savdo sanalari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.
Qaynoq24.uz POCO F8 Ultra va F8 Pro haqida yozgan edi.

