Pop davlat o‘rmon xo‘jaligida yirik noqonuniy holatlar aniqlandi

Foto: Videodan ekran tasviri
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Pop ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi mansabdor shaxslari bilan bog‘liq bir qator qonunbuzarliklar fosh etildi. Bu haqda DXX xabar bermoqda. Yanvar oyida tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holati o‘rganildi.

Tekshiruv davomida mas’ul shaxslarning vazifaga sovuqqon munosabati sababli ijaraga olingan yer maydonlarida ruxsatsiz bino va inshootlar qurilgani aniqlandi. Natijada yer uchastkalarining ixtisoslashuvi o‘zgartirilgan va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgan.

Shuningdek, 460 nafar ijarachidan ijara to‘lovlari undirilmagani sababli davlatga 1 mlrd 480 mln so‘m zarar yetgani ma’lum bo‘ldi. Eng og‘ir holatlardan biri 2023–2025 yillarga to‘g‘ri keladi. Ayrim mansabdorlar ijarachilar bilan til biriktirib, 5 356 kub metr noruda materiallarni noqonuniy qazib olgan. Ushbu holat bo‘yicha davlatga 1 mlrd 322 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Aniqlangan faktlar yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 193, 196-1, 207 va 229-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tezkor tadbirlar jarayonida xo‘jalikning bo‘lim o‘rmonbegisi avval balansda bo‘lgan, keyin tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan yerning 20 sotix qismini rasmiylashtirib berish evaziga $15 ming olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, ushbu puldan $500 olgan Davlat kadastrlar palatasining Pop tuman filiali mutaxassisi ham qo‘lga olindi.

Bundan tashqari, xo‘jalik direktorining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxs 50 sotix yer maydonini auksionsiz ijara asosida berish evaziga $10 ming talab qilib, $5 ming olgan vaqtida ushlandi.

Qaynoq24.uz Toshkentda 120 ming dollar kredit mablag‘ini internet qimoriga sarflagan shaxslar aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.