“Qamchiq” dovoni qayta ochildi

Foto: FVV
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

10-dekabr kuni soat 02:30 da dovonda qor ko‘chkisi xavfi kuchaygani sababli A-373 avtomobil yo‘lining ushbu qismi vaqtincha yopilgan edi. Vazirlik rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan zarur muhofaza va xavfsizlik tadbirlari natijasida dovon soat 12:00 dan boshlab to‘liq ravishda avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.

FVV vaziyat yuzasidan aholini ogoh bo‘lishga chaqirib, dovonda harakatlanayotganda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etishni eslatdi.

Qaynoq24.uz “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.