“Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi

Foto: Yandex
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Qor ko‘chkisi xavfi sabab “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

10-dekabr kuni soat 02:30 dan boshlab A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Qaror hududda qor ko‘chkisi xavfi kuchaygani bilan izohlandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda vazirlik rahbarligi ostida tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan xavf oqibatlarini bartaraf etish va yo‘lni xavfsiz holatga keltirish bo‘yicha keng ko‘lamli profilaktik ishlar olib borilmoqda.

“Qamchiq” dovonining qayta ochilishi haqida FVV qo‘shimcha ma’lumot berishini ma’lum qilgan.

Qaynoq24.uz Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi yangi nizom tasdiqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.