Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida 21,4 ming nafar Ozarbayjon fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 ming nafarga ko‘p.
Tashrif buyurganlarning katta qismi safarni sayyohlik maqsadida amalga oshirgan. Bu toifada 13 950 nafar fuqaro qayd etilgan.
Yaqin qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelganlar soni 5 567 nafarni tashkil etgan.
Xizmat yuzasidan kelgan Ozarbayjon fuqarolari 1 887 nafar bo‘lgan.
Shuningdek, O‘zbekistonga o‘qish uchun 29 nafar, davolanish maqsadida 10 nafar, tijorat uchun esa 6 nafar Ozarbayjon fuqarosi tashrif buyurgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 1 199 taga yetgani haqida yozgan edi.

