Qirg‘izistonda o‘qituvchi va shifokorlarning maoshi 2026-yildan ikki baravar oshiriladi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Qirg‘izistonda 2026-yil 1-apreldan boshlab ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining oylik maoshi o‘rtacha 100 foizga oshiriladi. Bu haqda Prezident Sadir Japarov 25-dekabr kuni xabar bergan. Dastlab oshirish 50 foiz miqyosida rejalashtirilgan, biroq muhokamalardan so‘ng prezident kompensatsiyasi orqali ko‘rsatkich ikki baravarga ko‘tarilgan.

Ayni paytda pedagoglarning o‘rtacha oyligi 26 ming som ($297) bo‘lsa, 1-apreldan keyin u 52 ming som ($594) atrofida bo‘ladi. Maosh miqdori o‘qituvchining malakasi, tajribasi, hudud, o‘qitiladigan fan va o‘quv yuklamasiga qarab farqlanadi. Masalan, shaharda yangi ish boshlagan o‘qituvchi 36 800 som ($420), qo‘lga oladigan summa esa 31 200 som ($356) bo‘ladi. Tog‘li hududda 30 yillik tajribaga ega matematika o‘qituvchisi 97 600 som ($1116) maosh oladi.

Tibbiyot xodimlarining o‘rtacha oyligi hozirda 31 500 som ($360)ni tashkil etsa, 1-apreldan u 62 500 som ($614)gacha oshadi. Yangi ish boshlagan shifokor shaharda qo‘liga 35 500 som ($406) oladi, hozir bu ko‘rsatkich 16 900 som ($193) edi. Tog‘li hududda 30 yillik tajribaga ega shifokor oyligi 75 700 som ($865) atrofida bo‘lishi aytildi.

Maosh oshishi san’atkorlar va murabbiylarga ham tatbiq etiladi. San’atkorlarning o‘rtacha daromadi 20 700 somdan ($236) 39 000 somga ($446), murabbiylarda esa soliqdan keyin 45 000 som ($514)ga yetadi.

Qaynoq24.uz Qirg‘iziston rahbari zarurat tug‘ilgan taqdirda Qirg‘iziston butun tashqi qarzni bir kun ichida qoplash imkoniyatiga egaligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.