Qishloq xo‘jaligi subyektlariga sotilgan paxta xomashyosi uchun subsidiya ajratiladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarorida qayd etilgan.
Har bir tonna paxta uchun 1 million so‘m subsidiya beriladi
Qarorga ko‘ra, 2025-yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 1 million so‘m subsidiya ajratiladi. Ushbu tartib 2026-yil 1-yanvargacha, spot shartnomalari bo‘yicha esa 2026-yil 1-aprelgacha amal qiladi.
Subsidiya olish uchun murojaat tartibi
Paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi subyekti mahsulotni bir martada yoki bir nechta qismda sotganidan qat’i nazar, subsidiya olish uchun faqat bir marta murojaat qilish huquqiga ega.
Ariza “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiya platformasida shaxsiy kabinet orqali topshiriladi. Shundan so‘ng Agropotalda shakllantirilgan subsidiya oluvchilar ro‘yxati har oyning 10-sanasi bilan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yuboriladi.
To‘lovlar bank hisobiga 3 kun ichida o‘tkaziladi
Tijorat banklari belgilangan tartib asosida ajratilgan subsidiya mablag‘larini paxta yetishtiruvchining 23410-hisobvarag‘iga 3 bank kuni ichida o‘tkazib beradi.
Qaynoq24.uz O‘zbekiston kelasi yilda 4,5 million tonna paxta yetishtirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

