Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga normativ qiymat belgilash tartibi tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, normativ qiymat quyidagi asoslar hisobga olingan holda aniqlanadi.
Normativ ko‘rsatkichlar, yer kadastri, ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari va tuproq bonitet ballari aniqlanadi. Hisoblashda foyda va rentabellikka asoslangan daromadli yondashuv qo‘llaniladi.
Aniqlangan normativ qiymat natijalari davlat yer kadastriga kiritiladi. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari normativ qiymatni aniqlash obyekti hisoblanadi.
Normativ qiymat Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverrloyiha” davlat ilmiy-loyihalashtirish instituti tomonidan aniqlanadi. Har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va boshqa baholangan yerlarning normativ qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi.
Ma’lumotnoma qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga taqdim etish uchun “Elektron hukumat” tizimi orqali Soliq qo‘mitasiga yuboriladi. Normativ qiymat hisob-kitob natijalari ming so‘mgacha aniqlik bilan beriladi.
Qaynoq24.uz “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stajirovka tashkil etilishi haqida yozgan edi.

