Qodirovning o‘g‘li Checheniston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Ochiq manba
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Ramzan Qodirovning o‘g‘li Ahmad Qodirov Checheniston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi. 20 yoshli Ahmat respublika jismoniy tarbiya va sport vaziri bo‘lib ishlab kelgan.

Shu bilan birga, Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev ham vitse-premyer vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Ramzan Qodirov Ahmat Qodirov va Ahmad Dudayevni mas’uliyatli hamda samarali rahbarlar sifatida ta’riflab, ularning boshqaruv tajribasi va respublika rivojiga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi.

Avvalroq Checheniston hukumati raisi vazifasini bajaruvchi lavozimini Isa Tumxadjiev egallab kelgan.

Ma’lumot uchun, Ahmat Qodirov 2024-yil fevralidan yoshlar ishlari vaziri, undan avval jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2024-yil may oyida u Checheniston jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlangan.

Ahmad Dudayev esa mehnat faoliyatini 2008-yilda Checheniston rahbari va hukumati huzuridagi axborot-tahliliy boshqarmada boshlagan. U 2020-yil iyunidan buyon respublika axborot va matbuot vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qaynoq24.uz Ramzan Qodirov 2026-yilgi Checheniston rahbari saylovlarida ishtirok etish masalasiga izoh bergani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.