Qo‘lbola alkogol mahsulotlari savdosi to‘xtatildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar organlari qo‘lbola alkogol mahsulotlari aylanmasiga qarshi bir nechta tezkor tadbir o‘tkazdi. Tadbirlar davomida yirik miqdorda qalbaki aksiz markali mahsulotlar musodara qilindi.

Xo‘jayli tumanida to‘xtatilgan “Cobalt” avtomobilidan 20,6 mln so‘mlik 588 dona qo‘lbola alkogol ting‘di. Mahsulotlar sotish uchun olib ketayotgan fuqaro ustidan tekshiruv boshlandi.

Nukus shahridagi xonadonda yashirin sex fosh etildi. U yerdan 338 dona aksiz marka, 111 litr spirt, 90 dona “Qaratau” arog‘i, “QR-kod” markirovkalar va boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Chiroqchi tumanida esa muqaddam sudlangan fuqaro 400 dona iste’molga yaroqsiz qo‘lbola alkogolni 10 mln so‘mga sotish paytida ushlandi. Organlar mazkur holatlar bo‘yicha tegishli tartibda surishtiruv boshladi.

retsepsiz noqonuniy dori
Foto: Departament

Shuningdek, Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “H.A.” xususiy korxonasi rahbari J.R. va dorixona sotuvchisi I.R. shifokor retseptisiz 136 dona “Omnadren 250” dori vositasini fuqaro M.X.ga 7,3 mln so‘mga sotayotganda ushlandi. Dori tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgani aytilmoqda.

Shuningdek, Zaafarobod tumanida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Z.U. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan turli nomdagi 602 dona dori vositasini 2,3 mln so‘mga sotayotganida qo‘lga olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Sirdaryo, Andijon va Samarqandda korrupsion holatlarning oldi olingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.