Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida maktablar masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Bu haqda Tengreniws ma’lum qildi. Qaror 19-fevral kuni qabul qilindi.
0 dan 11-sinfgacha bo‘lgan birinchi va ikkinchi smena o‘quvchilari onlayn o‘qiydi. Shahar ta’lim boshqarmasi bunga muzlama sabab bo‘lganini bildirdi.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, kechasi yomg‘ir qor bilan almashgan. Ayrim hududlarda yog‘in kuchli bo‘lgan. Kunduzi ham qor yog‘ishi kutilmoqda. Past shamol bo‘roni, tuman va muzlama prognoz qilingan.
Shamol tezligi 9 dan 14 m/s gacha yetadi. Ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi.
Havo harorati 3–5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz Qozog‘istonlik o‘quvchi chet tillarni bilishi orqali uy sotib olgani haqida yozgan edi.

