Qoraqalpog‘istonda ayol kishi poyezd ostiga qolib ketdi

Foto: Anur Tour
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Nukus va Gidrouzel stansiyalari oralig‘ida ayol kishi poyezd ostiga qolib ketdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

2026-yil 22-yanvar kuni Nukus va Gidrouzel stansiyalari oralig‘ida ayol kishi temir yo‘lni o‘tish uchun mo‘ljallanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lib, yo‘lovchi poyezdi ostiga qolib ketgan. Jabrlanuvchi yo‘l harakati qoidalarini buzib, o‘z xavfsizligiga e’tibor bermagan.

Hozirda mas’ul xizmatlar hodisa tafsilotlarini tekshirishmoqda. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ esa fuqarolarga temir yo‘llarni kesib o‘tishning belgilangan me’yorlariga rioya qilish zarurligini eslatib o‘tadi.

Qaynoq24.uz Ispaniyadagi poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

Falokat 18-yanvar kuni soat 19:45 lar atrofida Adamuz yaqinida sodir bo‘lgan. Dastlabki poyezd relsdan chiqib ketgan. Uning orqa vagonlari qarama-qarshi yo‘lga o‘tib, aynan shu paytda qarshi tomondan kelayotgan boshqa poyezd bilan to‘qnashgan.

Transport vaziri Oskar Puentening aytishicha, birinchi poyezd Malagadan Madridga ketayotgan xususiy poyezd bo‘lgan. Ikkinchi poyezd esa Ispaniya milliy temiryo‘l kompaniyasiga tegishli bo‘lib, Uelva shahriga harakatlanayotgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.