Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev 14–16-noyabr kunlari O‘zbekistonga davlat tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar va ikki davlat rahbarlari raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Uchrashuvlarda savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv resurslari va madaniy-gumanitar loyihalar bo‘yicha hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilinadi. Mintaqaviy hamda global siyosatdagi dolzarb jarayonlar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Tashrif doirasida xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va bir qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi hujjatlar to‘plami imzolanadi.

Qasim-Jomart Toqayev shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Saida Mirziyoyeva Devid Bednar boshchiligidagi biznes delegatsiyasi bilan uchrashgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.