Qozog‘istonning Olmaota viloyati tog‘larida yo‘qolgan sayyohlar guruhi bo‘yicha qidiruv davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, qidiruvchilar Lokomotiv cho‘qqisi yaqinida bir alpinistning jasadini topgan. U 3,7 ming metr balandlikdan tushirib olib chiqilgan va sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Qidiruv ishlari alpinistlardan birining singlisi murojaatidan so‘ng boshlangan. Uning aytishicha, u aka va uning ikki do‘sti bilan birga tog‘ga chiqqan, biroq qaytib kelmagan. SHOT Telegram-kanali xabariga ko‘ra, sayyohlarni qor ko‘chkisi bosgan bo‘lishi mumkin. Ular bilan aloqa 26-dekabrga o‘tar kechasi uzilgan.
Qolgan ikki alpinistni izlash ishlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Qozog‘istonda o‘n yoshli bola besh yil davomida boshida yog‘och bo‘lagi bilan yashagani haqida yozgan edi.

