Qozog‘iston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) bojxona hududidan eksport qilinadigan tovarlar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Mamlakat Senati tovarlarning kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha uyg‘unlashtirilgan tizim haqidagi kelishuvni tasdiqladi.
Hujjatga ko‘ra, eksport qilinayotgan mahsulotlarning kelib chiqishini tasdiqlash uchun yagona mexanizmlar joriy etiladi. Bu tizim eksportchilar hamda sertifikat beruvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlik tartiblarini ham birxillashtiradi.
Shuningdek, yangi tartiblar tovarlar harakati ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan. Kelishuv doirasida shaffoflikni oshirish maqsadida mahsulotlarni elektron tekshirish tizimini yaratish rejalashtirilgan.
Mutaxassislar fikricha, ushbu mexanizm Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida savdo jarayonlarini yanada tartibga solish va eksport operatsiyalarining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.
Qaynoq24.uz Qozog‘istondagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash bo‘lgani haqida yozgan edi.

