Qozog‘istondagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash bo‘ldi

Foto: FVV Qozog‘iston
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Qozog‘istonning Aktube shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash bo‘ldi. Bu haqda Tengrinews nashri ma’lum qildi.

Qozog‘iston FVV ma’lumotiga ko‘ra, yer usti rezervuarlaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnagan. Shundan so‘ng yong‘in boshlangan. O‘t tezda ikkinchi sisterna, yonida turgan gaz tashuvchi mashina va operator xonasiga tarqalgan.

Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yuqori xavf sharoitida ishlagan. Ular qayta portlashlarning oldini olish va olovni kengayib ketmasligini ta’minlashga harakat qilgan. Yong‘inni o‘chirishga hududiy FVVning qariyb 60 nafar xodimi va 16 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Ertalabga kelib yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Yong‘in maydoni 200 kvadrat metrni tashkil etdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Qaynoq24.uz Kobuldagi Xitoy restoranida portlash sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.