Qozog‘istonlik 17 yoshli maktab o‘quvchisi chet tillarni bilishi orqali uy sotib oldi. Bu haqda Tenginews ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ayhanim Okasova 9 ta xorijiy tilni biladi. U tillarga qiziqishni onasi orqali boshlagan. Dastlab qozoq tilini chuqurlashtirgan, keyin ingliz tilini o‘rgangan. Oradan vaqt o‘tib fransuz, koreys, arab va xitoy tillarini egallagan. Hozirda turk va nemis tillarida ham erkin muloqot qila oladi.
Ayhanimning aytishicha, tillarning katta qismini u mustaqil o‘rgangan. U doimiy ravishda tarjima mashqlari qilgan, xorijliklar bilan onlayn muloqotda bo‘lgan va tilni amalda qo‘llagan. Shu yo‘l bilan u bilimini mustahkamlagan.
Hozirda o‘quvchi maktabda o‘qishni davom ettirgan holda xorijiy tillarni onlayn tarzda o‘qitadi. Aynan shu faoliyati orqali u o‘z mehnati bilan kvartira xarid qilishga erishgan.
Ayhanim kelajakda nufuzli xorijiy universitetga o‘qishga kirishni va dunyo bo‘ylab sayohat qilishni rejalashtirmoqda. Uning aytishicha, aniq maqsad va to‘g‘ri intizom bo‘lsa, har bir inson til o‘rganishi mumkin.
Qaynoq24.uz Qozog‘iston Rossiya elektr energiyasining eng yirik xaridoriga aylangani haqida yozgan edi.

