“Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” tizimlari joriy etiladi

Foto: Xabar.uz
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

“Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” tizimlari joriy etiladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, shaharlarda ikki yangi axborot tizimi — “Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” — yaratiladi.

Ma’muriy videokuzatuv orqali obodonlashtirish va qattiq maishiy chiqindilarga oid qonunbuzarliklar avtomatik ravishda aniqlanadi. Shuningdek, mahalla hududlarida giyohvand moddalar tarqalishini oldini olishga yordam beriladi.

Raqamli videodomofonlar turar-joy binolari atrofini nazorat qiladi. Aholiga tezkor xabar yuborish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkoniyati ta’minlanadi.

Yagona shahar platformasidagi dispetcherlik markazi mahalla holatini real vaqtda kuzatadi. Big Data va sun’iy intellektdan foydalanib obodonlashtirish boshqaruvi va xizmat sifati yaxshilanadi.

Ushbu tizimlar aholi xavfsizligi, shahar muhitini tartibga solish va boshqaruvning shaffofligini oshirishga qaratilgan.

Qaynoq24.uz “YMMT” orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.