2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 273,3 trillion so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,6 foizga ko‘p. Eng katta qurilish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida Toshkent shahri 78,8 trillion so‘m bilan mutlaq yetakchi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 29,9 trillion so‘m, Samarqand viloyati — 17,4 trillion so‘m qayd etildi. Shuningdek, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida 16,3 trillion so‘mdan, Qashqadaryoda 15,9 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 13,9 trillion so‘mni tashkil etdi.
Navoiy va Namangan viloyatlarida mos ravishda 13 va 13,8 trillion so‘mlik ishlar amalga oshirilgan. Surxondaryo viloyatida 13,4 trillion, Xorazm viloyatida esa 11,4 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatildi. Hududda 5,8 trillion so‘mlik qurilish ishlari qayd etilgan. Jizzax viloyatida 7,2 trillion, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 8,9 trillion so‘mlik ishlar bajarilgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonning import hajmi 41,9 mlrd dollarga yetgani haqida yozgan edi.

