Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlarining tarkibida eng katta ulush bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yo‘nalishning umumiy qurilish hajmidagi ulushi 69,7 foizni tashkil etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil davomida bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi 218,7 trln so‘mga yetgan. Bu qurilish sohasidagi asosiy moliyaviy oqim aynan shu segmentga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, fuqarolik obyektlari qurilishi yo‘nalishida 64,9 trln so‘mlik ishlar amalga oshirilgan. Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi esa 30,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Qaynoq24.uz tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarosi soni 2,2 barobar oshgani haqida yozgan edi.

