Olimlar 8-yanvar kuni kun o‘rtalarida Quyoshda yirik portlash sodir bo‘lganini qayd etishgan. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti qoshidagi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, koronagraf qurilmalaridan olingan tasvirlarda moddaning turli yo‘nalishlarga tarqalayotgani kuzatilgan. Portlash manbai Quyoshning Yerga qarama-qarshi tomonida joylashgani sababli, hozirda u sun’iy yo‘ldoshlar orqali bevosita kuzatilmayapti.
Olimlarning bildirishicha, hozircha portlash sababini aniq aytish qiyin. Portlash sodir bo‘lgan hudud taxminan bir haftadan so‘ng, Quyosh dog‘lari guruhi sharqiy ufq tomondan Yerga qarab chiqishi bilan ko‘rinadigan bo‘ladi.
Qaynoq24.uz Yerda magnit bo‘roni boshlangani haqida yozgan edi.

