Ramzan Qodirov 2026-yilgi Checheniston rahbari saylovlarida ishtirok etish masalasiga izoh berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylovlarda ishtirok etish-yo‘qligi masalasiga munosabat bildirdi.
Qodirov yakshanba kuni mintaqa aholisi bilan o‘tkazilgan jonli muloqot chog‘ida hokimiyatdagi faoliyatidan charchaganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq yillik mas’uliyatli lavozim insondan katta kuch va sabr talab qiladi.
“Agarda mendan so‘ralsa, bu hokimiyat va xalqga xizmat qilishdan to‘yganman,” — dedi Checheniston rahbari.
Shu bilan birga, Ramzan Qodirov 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Checheniston rahbari saylovlarida ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi. U bu qaror Rossiya prezidenti tomonidan taklif bo‘lsa va xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlansa qabul qilinishini ta’kidladi.
“Prezident taklif etsa va xalq qo‘llab-quvvatlasa, saylovda qatnashaman. Menimcha, yangi kuchlar va yangi odamlar ham qiziqarli bo‘lar edi. Biroq biz Ahmat-hoji yo‘lidan chekinmadik va umrimiz oxirigacha shu yo‘lda qolamiz,” — dedi Qodirov.
Ma’lumot uchun, Ramzan Qodirov 2007-yil 5-aprel kuni Checheniston Respublikasi prezidenti lavozimiga rasman kirishgan. 2010-yildan buyon u respublika rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yilda bo‘lib o‘tgan so‘nggi saylovlarda Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qodirov uchun saylovchilarning 99,7 foizi ovoz bergan.
Qaynoq24.uz Iroqda parlament saylovida bosh vazir as-Sudani birlashmasi g‘olib chiqqani haqida yozgan edi.

