Realme Narzo 80x 5G smartfonining narxi arzonladi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Model Hindistonda 28 fozilik chegirma bilan sotilmoqda.
Model o‘z segmenti uchun qulay narxga qaramay, unumdorlik va quvvat tejamkorligi bo‘yicha yaxshi imkoniyatlarga ega. Qurilma Dimensity 6400 5G protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, barqaror ishlash va tezkor 5G ulanishni ta’minlaydi. Eng katta afzalliklardan biri — 6000 mA/soatli katta batareya bo‘lib, foydalanuvchilarga kun davomida bir necha bor quvvatlash zaruratini sezilarli kamaytiradi.
Smartfonning 120 Hz yangilanish tezligiga ega Eye Comfort displeyi yanada ravon tasvir va qulay ko‘rish tajribasini yaratadi. Shu bilan birga, bu narx toifasidagi qurilmalarda deyarli uchramaydigan IP69 darajasidagi chang va suvdan himoya Realme Narzo 80x 5G‘ni o‘z segmentida ajralib turuvchi modelga aylantiradi.
Qo‘shimcha chegirmalar: bank aksiyalari va almashuv dasturi
Amazon xaridorlar uchun yanada qulay shartlarni taklif qilmoqda. Asosiy chegirmadan tashqari, ayrim bank kartalari orqali, jumladan Axis Bank EMI dasturi orqali to‘lov qilinsa, smartfonning effektiv narxi taxminan 10 921 rupiyga tushishi mumkin. Qolaversa, eski telefonni topshirish evaziga 10 900 rupiygacha bo‘lgan qo‘shimcha chegirmaga erishish imkoni mavjud.
To‘lovlar uchun No Cost EMI imkoniyati ham mavjud bo‘lib, oylik to‘lovlar 557 rupiydan boshlanadi.
Qaynoq24.uz Realme 16 Pro smartfoni qanday xususiyatlar bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.

