Realme Neo 8 8000 mA/soat batareya bilan taqdim etiladi

@Gizmochina
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Realme kompaniyasi o‘rta-premium smartfonlar segmentida yangi kuchli model — Realme Neo 8 ustida ishlamoqda. Yangi qurilma OnePlus 15R uchun jiddiy raqib bo‘lishi mumkin.

Manbalarga ko‘ra, Realme Neo 8’ning eng katta ustunligi — 8 000 mA/soat sig‘imli batareya bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich hozirgi flagman smartfonlarda uchramaydi. Qurilmada yuqori zichlikka ega silicon-carbon batareya texnologiyasi qo‘llanishi kutilmoqda. Ushbu yechim korpusni qalinlashtirmasdan katta quvvat joylashtirish imkonini beradi.

Smartfon Qualcomm kompaniyasining eng yangi Snapdragon 8 Gen 5 protsessori bilan jihozlanadi. Bu chip hozirda eng kuchli flagman modellar darajasida ishlash imkonini beradi. Qurilma yuqori grafik yuklama va mobil o‘yinlar uchun mo‘ljallangan.

Ekran qismi ham geymerlar ehtiyojiga moslashtiriladi. Neo 8 tekis shakldagi Samsung AMOLED displeyga ega bo‘ladi. Ruxsat aniqligi 1,5K darajada bo‘lib, tasodifiy bosilishlar muammosini kamaytiradi.

Korpus dizayni avvalgi Neo modellardan farq qiladi. Yangi smartfon metall ramka va shisha orqa panel bilan ishlab chiqiladi. Shuningdek, 3D ultratovushli barmoq izi skaneri o‘rnatilishi kutilmoqda. Qurilma suv va changdan himoya sertifikatiga, ehtimol IP68 darajasiga ega bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Realme Neo 8 2026 yil yanvar oyida Xitoyda taqdim etilishi mumkin. Global bozorga chiqish sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.

Qaynoq24.uz Realme Narzo 80x 5G smartfonining narxi arzonlagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.