Xitoyning Xiaomi kompaniyasiga tegishli Redmi Note 15 Pro va Pro+ smartfonlarining to‘liq texnik tavsiflari internetga sizib chiqdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi modellarda yorqin AMOLED ekranlar, katta sig‘imli batareyalar, kuchli kameralar va yuqori darajadagi himoya mavjud bo‘ladi.
Redmi Note 15 Pro Qurilma 6,83 dyuymli tekis AMOLED ekran bilan ta’minlanadi. Displey 1.5K aniqlik, 120 Hz yangilanish tezligi, HDR10+ va Dolby Vision’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran himoyasi uchun Gorilla Glass Victus 2 ishlatiladi, maksimal yorqinlik esa 1 800 nitga yetadi.
Smartfon MediaTek Dimensity 7400 Ultra chipi va Android 15 asosidagi HyperOS 2 tizimida ishlaydi. Kamera qismi 200 MP Samsung asosiy modul (OIS bilan) va 8 MP ultra keng kameradan iborat. Old kamera 20 MP. Batareya sig‘imi 6 580 mA·soat bo‘lib, 45 Vt tezkor va 22,5 Vt teskari quvvatlashni qo‘llaydi. Model IP66, IP68, IP69 va IP69K himoya darajalariga ega.

Redmi Note 15 Pro+ Ushbu model ham 6,83 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlanadi, biroq u to‘rt tomondan egilgan dizaynga ega. Aniqlik va yangilanish tezligi Pro model bilan bir xil. Pro+ versiyasi Qualcomm Snapdragon 7s Gen 4 protsessori asosida ishlaydi. Asosiy kamera tizimi o‘zgarmagan, biroq old kamera 32 MP ga oshirilgan.
Batareya 6 500 mA·soatni tashkil etadi va 100 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Xotira variantlari 8/256 GB, 12/256 GB va 12/512 GB bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, global bozorda Redmi Note 15 bazaviy modeli $330 atrofida baholangan. Pro versiya $468, Pro+ esa $550 narxda taklif etilgan. Hindistondagi narxlar ham taxminan shu darajada bo‘lishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz Redmi Turbo 5 Max smartfonining dizayni tasdiqlangani haqida yozgan edi.

