Redmi Turbo 5 Max smartfoni qanday dizaynda chiqadi

Foto: Redmi
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Xiaomi’ga qarashli Redmi brendi avvalroq Redmi Turbo 5 Max smartfonini rasman tasdiqlagan edi. Endi esa ushbu smartfonning yangi renderlari internetda paydo bo‘ldi.

Tarqalgan tasvirlarda Redmi Turbo 5 Max gorizontal joylashgan orqa kamera blokiga ega ekani ko‘rinadi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu dizayn avvalgi Turbo 4 seriyasidagi kamera modulining 90 darajaga burilgan ko‘rinishini eslatadi. Shu sababli renderlar sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lishi mumkinligi ham istisno etilmayapti.

Renderlarda qurilmaning old qismi juda yupqa romlarga ega ekani, selfi kamera esa mayda punch-hole shaklida joylashgani ko‘rinadi. Shuningdek, yumaloq qirralar so‘nggi Xiaomi smartfonlari dizayniga xos uslubni davom ettirayotgani qayd etilmoqda. Tugmalar joylashuvi esa Redmi modellari uchun an’anaviy holatda qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Turbo 5 Max o‘z segmentidagi eng katta batareyaga ega smartfon bo‘lishi mumkin. Manbalar 9 000 mA/soat yoki undan ham katta sig‘imli akkumulyator qo‘llanilishini taxmin qilmoqda. Qurilma yangi MediaTek Dimensity 9500s chipseti bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

Redmi Turbo 5 seriyasi Xitoy bozorida 15-yanvar kuni namoyish etilishi mumkin. Global bozorda esa ushbu smartfonlar POCO X8 seriyasi nomi ostida sotuvga chiqishi ehtimoli bor.

Qaynoq24.uz Turbo 5 Max smartfoni qachon sotuvga chiqishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.