Redmi Turbo 5 Max smartfonining dizayni tasdiqlandi

Foto: Redmi
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Redmi kompaniyasi yaqinlashib kelayotgan Redmi Turbo 5 Max smartfoni bo‘yicha yangi tafsilotlarni e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda. Brend qurilmaning dizayni va batareya sig‘imini rasman tasdiqladi. Taqdimot sanasi esa hanuzcha sirligicha qolmoqda.

Yangi model old panelda katta OLED displeyga ega bo‘ladi. Ekran yumaloq qirralar va to‘rt tomondan ingichka ramkalar bilan jihozlangan. Orqa panelda esa avvalgi avlodga o‘xshash vertikal joylashgan ikkita kamera saqlanib qolgan. Umumiy dizayn tanish bo‘lsa-da, tashqi ko‘rinish yanada nafislashtirilgan.

Foto: Redmi

Turbo 5 Max’ning eng katta yangiligi batareyasiga bog‘liq. Smartfon 9 000 mAh sig‘imli yirik batareya bilan taqdim etiladi. Rasmiy ma’lumotlarda tezkor quvvatlash haqida aniq aytilmagan. Biroq 3C sertifikati qurilma 100 Vt quvvatli simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatmoqda. Simsiz quvvatlash funksiyasi kutilmayapti.

Texnik jihatdan smartfon yangi Dimensity 9500s chipi bilan ishlaydi. Qurilma AnTuTu testida 3,29 mln ball to‘plagan. Geekbench’da esa 16 GB tezkor xotira va Android 16 operatsion tizimi bilan namoyon bo‘lgan.

Foto: Redmi

Kamera xususiyatlari hozircha oshkor etilmadi. Biroq avvalgi modeldagi kabi 50 MP va 8 MP datchikli ikki kamerali tizim saqlanib qolishi mumkin.

Shuningdek, Poco brendi global bozor uchun Poco X8 Pro Max ustida ishlamoqda. Ushbu qurilma Redmi Turbo 5 Max’ning qayta nomlangan talqini bo‘lishi ehtimoli yuqori. Smartfon joriy chorak ichida global taqdimot qilinishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz Redmi Turbo 5 Pro Max smartfoni qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.