Redmi Turbo 5 qanday xususiyatlar bilan chiqadi

Foto: Redmi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Xiaomi kompaniyasining yangi Redmi Turbo 5 smartfoni Xitoyda rasmiy sertifikatsiyadan o‘tdi. Katalog raqami 2602BRT18C bo‘lgan qurilma SRRC bazasida paydo bo‘ldi. Bu esa modelning yaqin orada bozorga chiqishini anglatadi.

Insayder Wisdom Pikachu ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilma Redmi Turbo 5 liniyasiga mansub. Xiaomitime resursi esa sertifikatdan o‘tgan model aslida Redmi Turbo 5 Pro bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Redmi Turbo 5 seriyasi bilan birga boshqa qurilmalar ham taqdim etilishi mumkin. Ular orasida simsiz quloqchinlar, noutbuklar va stol usti quvvatlovchi qurilmalar bor. Rasmiy taqdimot Xitoyda Yangi yil bayrami oldidan, ya’ni 2025-yil yanvar yoki fevral oylarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Dastlabki texnik ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi Turbo 5 Pro 9000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Qurilma 100 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda. Smartfonda metall yon ramka, ultratovushli ekran osti barmoq izi skaneri, to‘liq suvdan himoya va simmetrik stereo dinamiklar bo‘lishi kutilmoqda.

Insayder Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, yangi modelning narxi taxminan 2500 yuan bo‘ladi. Bu esa xalqaro bozorda 350–360 AQSh dollariga teng.

Shuningdek, Redmi Turbo 5 xalqaro bozorda Poco X8 Pro nomi bilan, Redmi Turbo 5 Pro esa Poco X8 Pro Max sifatida sotuvga chiqarilishi mumkin.

Qaynoq24.uz Xiaomi 17 global bozorda tez orada taqdim etilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.