Rodrigo Paz Boliviyada prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Foto: NPR
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Boliviyada prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida senator Rodrigo Paz g‘alaba qozondi. Bu haqda CNN xabar bermoqda. U qariyb 20 yil davom etgan Xorxe Kiroga davriga yakun yasadi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, Paz 54,5 foiz ovoz oldi. Raqibi — konservativ nomzod Xorxe Kiroga esa 45,5 foiz ovoz bilan mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa 58 yoshli siyosatchi mamlakatning yangi prezidenti bo‘ladi. U 8-noyabr kuni lavozimiga kirishadi.

Rodrigo Paz Xristian-demokratik partiyasi nomidan saylovda qatnashgan. U ijtimoiy dasturlarni saqlab qolish, ammo xususiy sektor o‘sishini qo‘llab-quvvatlash tarafdori. Partiyasi parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega emas, bu esa yangi hukumatni siyosiy ittifoqlar tuzishga majbur etadi.

Pazning g‘alabasi 2006-yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Kiroga uchun jiddiy zarba bo‘ldi. So‘nggi yillarda iqtisodiy inqiroz, yonilg‘i tanqisligi va narx-navoning oshishi sobiq hukumatga bo‘lgan ishonchni pasaytirgan edi.

Bo‘lajak prezident AQSh bilan $1,5 mlrdlik iqtisodiy hamkorlik bitimi tuzishni rejalashtirganini bildirgan.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.