Rosatom O‘zbekistonga radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilishda yordam beradi

Foto: ThOG
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston va Rossiya radioaktiv chiqindilar bilan ishlash sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda. Uzatom va Rosatom o‘rtasida tegishli memorandum imzolandi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Hujjat doirasida Rossiya tomoni O‘zbekistonga radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimini yaratishda ekspert yordami ko‘rsatadi.

Shuningdek, eskirgan atom obyektlarini foydalanishdan chiqarish jarayonlari bo‘yicha ko‘mak beriladi. Memorandumda ushbu yo‘nalishda ishlaydigan o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash ham nazarda tutilgan.

Rosatom vakillarining ta’kidlashicha, shunga o‘xshash loyiha avval Belarusda amalga oshirilgan. U yerda radioaktiv chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha milliy operator tashkil etilgan.

Qaynoq24.uz Atom elektr stansiyasi (AES) loyihasiga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvlari o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.