Rossiya hujumlaridan so‘ng Ukrainada bir milliondan ortiq xonadon elektrsiz qoldi. Bu haqda BBC ma’lum qildi.
Rossiyaning kechasi uyushtirgan ommaviy raketa va dron hujumlari oqibatida Ukrainada bir milliondan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qoldi. Zarba asosan energetika va sanoat infratuzilmasiga qaratilgan.
Ukraina ichki ishlar vaziri Ihor Klimenko ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar kamida besh hududda qayd etilgan. Dnipropetrovsk, Kirovohrad, Mykolaiv, Odesa va Chernihiv viloyatlarida infratuzilma obyektlariga zarar yetgan. Hodisalar oqibatida kamida besh kishi jarohat olgan. Hozirda yong‘inlarni bartaraf etish va elektr ta’minotini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Rasmiylarning bildirishicha, Rossiya urush davomida bir necha bor Ukrainadagi energetika tizimiga zarba bergan. Biroq qish mavsumi yaqinlashar ekan, hujumlar yana kuchaygan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bir kecha-kunduzda 450 dan ortiq dron va 30 ta raketadan foydalanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa hujumlarda “Kinzhal” turidagi gipertovushli raketalar qo‘llanilganini tasdiqladi. Ushbu raketalar parvoz vaqtida yo‘nalishini o‘zgartira olishi sababli aniqlash qiyinligi bilan ajralib turadi.
Qaynoq24.uz Ukraina va AQSh rasmiylari Rossiya urushini tugatish bo‘yicha muzokaralarni muhokama qilgani haqida yozgan edi.

