Rossiya TIV: Lavrov va Rubio uchrashuvi sanasi aniq emas

Foto: France24
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Sergey Lavrov va Marko Rubio uchrashuvi bo‘yicha aniq ma’lumot paydo bo‘lishi bilanoq bu haqda darhol xabar beradi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Sergey Lavrov ushbu mavzu atrofida tarqalayotgan mish-mishlar va yolg‘on xabarlar ko‘payganiga e’tibor qaratgan.

“Bizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan tasdiqlangan ma’lumotlar darhol ommaga yetkaziladi”, — dedi diplomat.

Shuningdek, u Rossiya va AQSh vakillari o‘rtasidagi ehtimoliy muzokaralar fonida yuzaga kelgan axborot shov-shuvlarida ishtirok etmaslikka chaqirdi.

Avvalroq The Financial Times nashri manbalarga tayanib, Lavrov va Rubio uchrashuvi 30-oktabr kuni Budapeshtda bo‘lishi mumkinligini yozgan edi.

Biroq Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov bu xabarlarni rad etib, “hozircha muzokaralar vaqti ham, joyi ham kelishilmagan”, deya ta’kidladi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.