Rossiya Davlat Dumasiga kiritilgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, mast yoki giyohvand holatda avtomobil boshqargan migrantlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari, mamlakatda vaqtincha yoki doimiy yashash ruxsatidan (VNJ) mahrum etilishi mumkin. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Tashabbus mualliflari — “Spravedlivaya Rossiya — Za pravdu” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov va deputat Fedot Tumusov. Ularning fikricha, bunday qonun yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish va yo‘l xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, mast holda mashina haydagan xorijliklarga Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma berilmaydi yoki mavjud ruxsat bekor qilinadi. Bu talab nafaqat Rossiyada, balki boshqa davlatlarda aniqlangan holatlarga ham tatbiq etilishi mumkin.

