Rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva endi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Foto: Mariya Timofeyevaning instaram sahifasi
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

21 yoshli rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva o‘z sport fuqaroligini o‘zgartirib, endilikda O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etadi. Buni WTA rasmiy saytidagi sportchi profili yangilangani orqali ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Tennis federatsiyasi rais o‘rinbosari Iroda Tulaganova bu ma’lumotni tasdiqlagan.

“Ha, Mariya Timofeyeva rasman fuqaroligini o‘zgartirdi va endi O‘zbekiston nomidan chiqish qiladi. Uning oilasi olti oydan ortiq vaqt davomida Toshkentda yashab kelmoqda,” — degan u.

Foto: Mariya Timofeyevaning instaram sahifasi

Mariya Timofeyeva 2004-yilda Moskvada tug‘ilgan. U Rossiya terma jamoasi tarkibida bir qator xalqaro turnirlarda ishtirok etgan va yoshlar o‘rtasidagi yirik musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishgan.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.