AQSh davlat kotibi Marko Rubio 23-oktabr kuni Quddusda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Tomonlar Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni va xavfsizlik masalalarini muhokama qilgan.
Rubio esa Tramp ma’muriyati tashabbusida erishilgan “tariхiy yutuqlar”ni qayd etib, tinchlik jarayonini davom ettirish muhimligini aytdi.
“Biz imkonsiz deb hisoblangan ishni allaqachon amalga oshirdik va bu yo‘lda davom etamiz”, — degan u.
Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Tramp bu jarayonni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.
“Vitse-prezident, Stiv Vitkoff va Jared Kushner haftaning ko‘p qismini shu yerda o‘tkazdi. Men ham bugun shu sabab keldim — oldinda katta maqsadlar turibdi, ammo biz ularni amalga oshirishga ishonamiz”, — deya qayd etgan Rubio.

