Saida Mirziyoyeva Devid Bednar boshchiligidagi biznes delegatsiyasi bilan uchrashdi

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Devid Bednar boshchiligidagi biznes delegatsiyasi Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda O‘zbekiston va AQSh munosabatlari rivojida yangi bosqich boshlanganini qayd etildi.

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etish qarori muhim qadam sifatida baholandi. Bu qaror ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni kengaytirishga xizmat qilishi aytildi.

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Shuningdek, prezident farmoni bilan Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etilishi ma’lum qilindi. Kengash faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tarkibida maslahatchi-elchi lavozimi joriy etilmoqda.

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston rezidentlari endi O‘zbekiston banklaridagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni AQShda korxonalar tashkil etish, ularning kapitalida ishtirok etish yoki filiallarini moliyalashtirish uchun erkin o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida yangi ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tuzilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.