Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Dohaga tashrifi chog‘ida “Fashion Trust Arabia” (FTA) jamg‘armasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda u telegram kanalida kanalida ma’lum qildi.
Mirziyoyeva “M7” madaniyat markazidagi “Threads of Impact” ko‘rgazmasini ham ko‘zdan kechirdi. Unda mintaqa madaniy merosi keng yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston dizaynerlari yaratgan qo‘l mehnati namunalari va milliy liboslar “Woven Legacies: Uzbekistan’s Living Heritage” ko‘rgazmasi doirasida alohida taqdim etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Safar davomida Saida Mirziyoyeva Rem Koolhaas va Samir Bantal tomonidan tashkil etilgan “Countryside: A Place to Live, Not to Leave” ko‘rgazmasiga ham tashrif buyurdi. Ekspozitsiyada O‘zbekistonning noyob ilmiy maskani — “Quyosh” instituti ham alohida o‘rin egalladi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Saida Mirziyoyeva Devid Bednar boshchiligidagi biznes delegatsiyasi bilan uchrashgani haqioda yozgan edi.

