Samara viloyatida neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi

Foto: Advantour
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Rossiyaning Samara viloyatidagi Novokuybishevsk shahrida joylashgan neftni qayta ishlash zavodida kechasi yong‘in chiqdi. Astra press xabariga ko‘ra, hodisaga dron hujumi sabab bo‘lgan.

Voqea joyidan olingan videolarda zavod ustida qalin qora tutun va yong‘in alangasi ko‘tarilayotgani aks etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona “Rosneft” kompaniyasiga tegishli bo‘lib, mintaqadagi eng yirik neftni qayta ishlash korxonalaridan biri hisoblanadi. U asosan avtomobil yoqilg‘isi ishlab chiqaradi.

Foto: d2accbiqacj5y8.cloudfront.net

Samara viloyati gubernatori Vyacheslav Fedorishchev dron hujumini tasdiqladi, biroq hodisa oqibatlari haqida batafsil ma’lumot bermadi. Shu paytgacha Rossiya rasmiy manbalari ham zarar darajasi yoki jabrlanganlar haqida izoh bermagan.

Ukraina tomoni bilan bog‘liq monitoring kanallari mahalliy aholining videolari bilan bo‘lishgan. Kadrlar orasida zavod yaqinida kuchli portlashlar va tutun bulutlari ko‘rinadi.

Bu Novokuybishevsk zavodiga qilingan ilk hujum emas. Avvalroq, avgust oyida ham dron zarbasi tufayli zavodning ayrim texnik inshootlari, jumladan, rektifikatsiya kolonkalari zarar ko‘rgan edi.

Hozirda voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Mahalliy hokimiyat aholini vahimaga berilmaslikka va faqat rasmiy manbalarga ishonishga chaqirdi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.