Samarqandda fuqaro qo‘shnisining yuk mashinasiga o‘t qo‘ydi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samarqand viloyati Toyloq tumanida fuqaro qo‘shnisining yuk mashinasiga o‘t qo‘ydi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

28-noyabr kuni soat 21:50 da Toyloq tumani “Beklar” mahallasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan K.A. va qo‘shni mahallada istiqomat qiluvchi, oldindan tanish bo‘lgan shaxslar — 1990-y.t. G‘.R. hamda 1991-y.t. N.R. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Mojaro janjalga aylanib, vaziyat keskinlashgan.

Janjaldan so‘ng K.A. o‘zining 2005 va 2007-yilda tug‘ilgan farzandlari bilan birga G‘.R. va N.R. boshqaruvidagi yuk avtomashinalariga benzin sepib, ularga o‘t qo‘ygan. Oqibatda yong‘in kelib chiqqan, biroq tezkor choralar natijasida olov bartaraf etilib, boshqa transport vositalari va ulardagi yuklarning zarar ko‘rishi oldi olingan.

29-noyabr kuni mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aybdor shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz nashri Farg‘ona viloyatida 1,5 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.