Samsung Hindistonda Samsung Galaxy A va F seriyasi narxlarini oshirdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Yangi narxlar 2026-yil 5-yanvardan kuchga kirdi va barcha xotira variantlariga tatbiq etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A56 modeli barcha talqinlarda 2 ming rupiyaga qimmatlashgan. Endi 12 GB tezkor va 256 GB doimiy xotirali versiya 46 999 rupiyadan sotilmoqda. 8 GB/256 GB talqinining narxi 43 999 rupiyaga, 8 GB/128 GB bazaviy varianti esa 40 999 rupiyaga ko‘tarildi.
Galaxy A36 modeli ham arzonlashmadi. 12 GB/256 GB versiyasi 38 499 rupiya, 8 GB/256 GB talqini 35 499 rupiya, 8 GB/128 GB modeli esa 32 499 rupiya etib belgilandi. Bu modelda narx o‘sishi 1 500 rupiyani tashkil etdi.
Budjet segmentidagi Galaxy F17 5G ham qimmatlashdi, biroq kamroq miqdorda. 4 GB/128 GB varianti 15 499 rupiya, 6 GB/128 GB versiyasi 16 999 rupiya, 8 GB/128 GB talqini esa 18 499 rupiyadan taklif qilinmoqda. Ushbu modelda narx 1 ming rupiyaga oshirilgan.
Hozircha Samsung flagman qurilmalari, jumladan Galaxy S25 seriyasi hamda Galaxy Z Fold 7 va Galaxy Z Flip 7 modellarida narx o‘zgarishi rejalashtirilgani rasman tasdiqlanmadi. Biroq sanoatda ehtiyot qismlar narxi oshib borayotgani sabab 2026-yilda taqdim etiladigan yangi smartfonlar qimmatroq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Qaynoq24.uz omadsiz Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

