Samsung Galaxy A36 va A56 smartfonlari 100 dollarga arzonladi

Foto: Android Police
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samsung Buyuk Britaniyada o‘rta toifadagi Samsung Galaxy A36 va Galaxy A56 smartfonlari uchun vaqtinchalik chegirma e’lon qildi. Har ikki model narxi 100 dollarga pasaytirildi.

Chegirma doirasida Galaxy A36 smartfoni 434 dollar, Galaxy A56 esa 568 dollar narxda taklif etilmoqda. Aksiya trade-in, ya’ni eski qurilmani topshirish shartisiz amal qiladi.

Shuningdek, xaridorlar oylik reja asosida Samsung Care+ xizmatiga ulanib, bir oy bepul sug‘urta qamroviga ega bo‘lishi mumkin. Har ikki model uchun Galaxy Buds quloqchinlarini xarid qilishda 15 foizlik qo‘shimcha chegirma ham beriladi.

Foto: Sammobile

Eski qurilmasini topshirishni istagan foydalanuvchilar Galaxy A36 uchun £30 dan £167 gacha, Galaxy A56 uchun esa £30 dan £186 gacha qo‘shimcha chegirmaga ega bo‘lishi mumkin.

Aksiya cheklangan muddat davom etadi va Samsung‘ning Buyuk Britaniyadagi rasmiy savdo kanallari orqali amal qiladi.

Qaynoq24.uz hayratlanarli smartfonlar haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.