Samsung Galaxy A57 dizayni oshkor bo‘ldi

Foto: Hi-tech-mail
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xitoyning TENAA bazasida Samsung Galaxy A57 smartfonining rasmlari e’lon qilindi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Umuman olganda, dizayn avvalgi avloddan keskin farq qilmaydi. Old va orqa qismi tekis qolgan, o‘ng chetida quvvat va ovoz tugmalari joylashgan Samsung‘ga xos “key island” saqlanib qolgan. Asosiy o‘zgarish orqa panelda. Kamera bloki ikki qavatli yangi tuzilishga ega bo‘ldi. Tana rangiga mos tashqi ramka ichkaridagi qora kapsula shaklidagi blokni o‘rab turadi va linzalar aynan shu kapsulada joylashgan.

Shuningdek, Galaxy A57 avvalgisiga nisbatan yupqaroq bo‘lishi kutilmoqda. Uning qalinligi 6,9 mm etib ko‘rsatilgan, bu esa Galaxy A56’ning 7,4 mm qalinligidan ancha kam.

Foto: Tenaa

Ekran va unumdorlik

Qurilma 6,6 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlanadi. Ekran Full HD+ aniqlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon sakkiz yadroli, 2,9 GHz gacha ishlaydigan protsessor asosida ishlaydi. Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, bu chip Samsung‘ning Exynos 1680 modeli bo‘lishi mumkin.

Kamera imkoniyatlari

Galaxy A57’ning asosiy kamerasi 50 megapikselli sensor bilan jihozlangan. Unga 12 megapikselli ultra keng burchakli kamera va 5 megapikselli makro modul hamrohlik qiladi. Old kamera 12 megapikselli bo‘lib, selfi va videoaloqa uchun mo‘ljallangan.

Foto: Tenaa

Batareya va xotira

Smartfon 5000 mA·soat sig‘imli batareya bilan ta’minlanadi. Tezkor quvvatlash quvvati 45 Vt etib ko‘rsatilgan. Xotira variantlari sifatida 8/256 GB va 12/256 GB konfiguratsiyalar taklif etiladi. Qurilma Android 16 asosidagi One UI 8 interfeysi bilan ishlashi kutilmoqda.

Taqdimot muddati

Samsung Galaxy A57’ning taqdimoti fevral oxiriga rejalashtirilmoqda. U Galaxy S26 seriyasidan oldin rasman e’lon qilinishi kutilyapti. TENAA’dagi sertifikatsiya va dizayn suratlarining chiqishi taqdimot yaqinlashganidan darak bermoqda.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S26 Ultra narxi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.