Samsung Galaxy A57 smartfoni Geekbench bazasida paydo bo‘ldi. Bu gaqda Gizchina texnologiya nashri xabar bermoqda.
Galaxy A57 testdan o‘tgan versiyada Exynos 1680 protsessori, 12 GB RAM va Android 16 tizimi ishlatilgani qayd etilgan.
Dastlabki unumdorlik ko‘rsatkichlari Single-core testida smartfon 1311 ball, multi-core bo‘yicha esa 4347 ball qayd etdi. Bu yakuniy natijalar emas. Chunki chip hamon sinov bosqichida, dasturiy optimizatsiya tugallangach ballar o‘zgarishi mumkin.
Oldingi avlod: Exynos 1580 O‘tgan yili Samsung Exynos 1580 chipini taqdim etgan edi. U bir dona 2,9 GHz tezlikdagi kuchli Cortex-A720, uch dona 2,6 GHz o‘rta darajadagi A720 va to‘rt dona 1,95 GHz tejamkor A520 yadrolaridan iborat edi. Grafik tizimi — Xclipse 540 GPU.

Yangi Exynos 1680 nimalarni taklif qiladi? Yangi protsessor umumiy arxitekturani saqlagan holda ba’zi o‘zgarishlar bilan chiqmoqda. Samsung bitta qo‘shimcha unumdor yadro qo‘shdi va bitta tejamkor yadro olib tashladi. Bu kundalik ishlashni yanada kuchaytiradi. Soatlar tezligi deyarli o‘zgarmagan:
- 1 ta yadro — 2,91 Hz,
- 3 ta yadro — 1,95 Hz,
- 4 ta yadro — 2,6 Hz.
Grafik protsessor esa Xclipse 550 bo‘lib, 1306 Hz chastotada ishlaydi. Bu avvalgi modelga qaraganda biroz kuchliroq.
GPU natijalari Avvalroq Exynos 1680’ning GPU testi (S5E8865) OpenCL bo‘yicha 6330 ball olgani ma’lum bo‘lgandi. Taqqoslash uchun: Exynos 1580 odatda 6700–6900 ball atrofida edi. Bu farq yangi chip hali to‘liq optimizatsiya qilinmaganini ko‘rsatishi mumkin.
Galaxy A57 haqida rasmiy ma’lumotlar keyingi haftalarda yanada oshkor qilinishi kutilmoqda. Samsung A-seriyasi uchun bu model sezilarli yangilanish bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Samsung Galaxy S26 Ultra batareya sig‘imi oshirilishi haqida yozgan edi.

