Samsung Galaxy A57 va Galaxy A37 qanday kamera bilan chiqadi

Foto: MobilTelefon
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Galaxy A liniyasiga mansub Samsung Galaxy A57 va Galaxy A37 smartfonlarining premyerasi 2026-yilning birinchi yarmida kutilmoqda. Yangi modellar yangilangan Exynos protsessorlari bilan birga, sezilarli darajada yaxshilangan kamera tizimlariga ega bo‘ladi. Bu haqda Samsung’ning One UI kodida aniqlangan ma’lumotlarga tayanib xabar qilinmoqda.

Galaxy A37 uch kamerali asosiy blok bilan jihozlanadi. Asosiy modulda 50 megapikselli sensor ishlatiladi. Mintaqaga qarab bu Sony IMX906 yoki Samsung ISOCELL S5KGNJ bo‘lishi mumkin. Sony IMX906 sensori 1/1,56 dyuymli yirik optik formatga ega. Bu hozirgi Galaxy A36’dagi IMX882 (1/1,95 dyuym) sensoriga nisbatan ko‘proq yorug‘lik qabul qiladi. Natijada, ayniqsa kam yorug‘lik sharoitida surat sifati yaxshilanadi. Qolgan kameralar o‘zgarmaydi: 8 MP ultra keng burchakli modul va 5 MP makro kamera. Old kamera 12 MP bo‘ladi.

Foto: Smartpix

Galaxy A57 modeli ham xuddi shu asosiy 50 MP sensorni oladi. Biroq bu smartfonda ultra keng burchakli kamera yangilanadi. Unda 13 megapikselli Samsung ISOCELL S5K3L6 sensori ishlatiladi. Makro kamera 5 MP bo‘lib qoladi. Frontal kamera esa 12 MP bo‘lsa-da, yanada ilg‘or ISOCELL S5K3LC sensori bilan ta’minlanadi.

Galaxy A57 nafaqat Galaxy A56’dan, balki A37’dan ham kamera imkoniyatlari bo‘yicha ustun bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa o‘rta segmentdagi Samsung smartfonlari uchun sezilarli yangilanish hisoblanadi.

Qaynoq24.uz eng arzon Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.