Samsung Galaxy S25+ smartfoni AQShda 150 dollar arzonlashdi. Bu haqda SamMobile nashri xabar bermoqda.
Samsung AQShda Galaxy S25+ uchun yangi chegirma e’lon qildi va endi xaridorlar hech qanday trade-in shartsiz 150 dollar tejashlari mumkin.
Chegirma barcha yetti rang va ikkita xotira turiga — 256 GB hamda 512 GB — amal qiladi. Natijada 256 GB sig‘imli Galaxy S25+ narxi 849 dollargacha pasaydi. 512 GB versiya esa avvalgi 1 119 dollar o‘rniga 969 dollarga taklif qilinmoqda.
Agar trade-in tanlansa, chegirma miqdori 480 dollargacha chiqishi mumkin. To‘lovni bir yo‘la, to‘rt qismli bo‘lib to‘lash yoki 24 oylik Samsung Financing orqali amalga oshirish imkoni mavjud.
Shuningdek, qurilma bilan birga sotib olingan aksessuarlar uchun ham chegirmalar qo‘llanmoqda: Galaxy Watch 8 Classic — 36%, Galaxy Watch 8 — 43%, Galaxy Buds 3 Pro esa 30% arzonlashgan.
Qaynoq24.uz nashri Samsung Galaxy S26 seriyasining dizayni tasdiqlangani haqida yozgan edi.


Juda foydali boldi