Samsung Galaxy S25 qanday funksiyani olmaydi

Foto: Sammobile
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samsung yangi Galaxy AI funksiyalaridan birini faqat yangi avlod qurilmalariga qoldiradi. Call Screening funksiyasi Galaxy S25 modellarga berilmasligi mumkin.

Bu funksiya birinchi bo‘lib Samsung Galaxy S26 seriyasida paydo bo‘ladi. U kiruvchi qo‘ng‘iroqlarga avtomatik javob beradi. Kim qo‘ng‘iroq qilayotganini va sababini aniqlaydi. Suhbat matnini real vaqt rejimida ko‘rsatadi. Foydalanuvchi istasa, istalgan paytda qo‘ng‘iroqni o‘zi qabul qilishi mumkin. Yoki matn orqali javob yozib, telefon orqali uzatadi.

Avvalroq foydalanuvchilar bu funksiya Samsung Galaxy S25 ga ham keladi deb kutgandi. Ayniqsa One UI 8.5 yangilanishi bilan paydo bo‘lishi kutilgan edi. Biroq Samsung hamjamiyatidagi moderatorlarga ko‘ra, Call Screening faqat Galaxy S26’dan boshlab ishlaydi. Bu esa funksiyaning eski qurilmalarga berilmasligini anglatadi.

Shunga qaramay, One UI 8.5 yangilanishi orqali eski modellarga boshqa yangi imkoniyatlar kelishi aytilmoqda. Ammo Call Screening ular qatorida bo‘lmaydi.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S25 smartfonlari uchun yangilanish qachon chiqishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.