Keyingi yil boshida taqdim etilishi kutilayotgan Samsung Galaxy S26 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda.
Galaxy S26 seriyasiga yangi M14 OLED displey o‘rnatilishi aytilgandi. U avvalgidan ham yorqinroq bo‘lishi kutilgan edi, ammo, bu fikrni rad etgan.
Galaxy S26, S26+ va S26 Ultra displeylari maksimal 2 600 nit yorqinlik beradi. Bu ko‘rsatkich Galaxy S25 seriyasi bilan bir xil.
Shunga qaramay, M14 displeylari material sifati bo‘yicha yaxshilangan. Bu esa samaradorlikni oshiradi, quvvat sarfini kamaytiradi va uzun muddatli ishonchlilikni kuchaytiradi.
Galaxy S25 seriyasi displeyi ko‘pchilik uchun yetarlicha yorqin edi. Corning Gorilla Glass Armor’ning aksni kamaytiruvchi xususiyatlari bilan birga, tasvir juda aniq ko‘rinardi. Shuning uchun Galaxy S26 displeyining yorqinligi oshmasligi jiddiy kamchilik emas.
Shunga qaramay, mutaxassislar kompaniyadan yangi seriyada 10-bit rang chuqurligi va PWM dimmingni kutmoqda. Bu displeyning umumiy sifatini yana-da oshiradi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Samsung Galaxy S25 Ultra smartfoni qanday kamchiliklarga ega ekanligi haqida yozgan edi.

